MAGNITOGORSK, Rossiya – Rossiyaning Magnitogorsk shahrida qulab tushgan ko‘p qavatli bino vayronalari orasidan bir tojikistonlik qutqarib olingan. Yangi yil arafasida gaz chiqishi sababli ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 20 dan oshdi, deb xabar berdi Asia-Plus nashri va Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) chorshanba (2-yanvar) kuni.
Xatlon viloyatining Kushon tumanidan bo‘lgan 26 yashar Shuhrat Ulfatov qutqarib olingan, ammo yana 10 nafar tojikistonlik bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, deb xabar berdi Asia-Plus nashri Tojikiston mehnat vazirligiga asoslanib.
Manbaga ko‘ra, Ulfatov dushanba (31-dekabr) kuni topilgan, ammo uning ayoli va uch farzandining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda, yana bir tojikistonlik oilaning 6 a’zosi bedarak yo‘qolgan.
Portlash natijasida kamida 28 kishi, jumladan 2 ta yosh bola halok bo‘lgan, deb xabar bergan RFE/RL chorshanba kuni. Voqeadan 48 soat o‘tib ham 20 dan ortiq odamning taqdiri hamon nomaʼlumligicha qolgan.