Karvonsaroy

Qozogʻistonlik politsiyachi Yangi yil video-tabrigi sabab ishdan boʻshatildi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻistonlik politsiya zobiti 31-dekabr kuni Yangi yil bayramiga atalgan videomurojaatida oʻz mamlakati politsiyasini “banda” deb atagani uchun ishdan boʻshatildi, deb xabar berdi payshanba (3-yanvar) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

IIV tomonidan A.R. Tastaybekov deb tanishtirilgan shaxs, jinoiy jargonda soʻzlab, huquqni muhofaza qilish organlaridagi korrupsiya haqida soʻz yuritgan.

Qaragʻandadagi politsiya akademiyasining birinchi bosqich kursantlari boʻlimi rahbarining oʻrinbosari boʻlgan Tastaybekov “davlat organlarini obroʻsizlantiruvhi xatti-harakatlarni sodir etganligi” sabab lavozimidan boʻshatilgan, uning rahbarlariga esa hayfsan eʼlon qilingan, deb xabar berdi IIV matbuot kotibi Almaz Sadubayev payshanba kuni Facebook sahifasida.

Internetda bir zumda ommalashib ketgan videoda Tastaybekov “Qozogʻiston gullab-yashnayversin, oramizdagi aloqalar “bratva” (jinoiy toʻda) va vorislarimizning yetti avlodiga foyda keltirsin“ deb tilak bildirgan.

“Yashasin Qozogʻiston va bizning oilalarimiz. Ura, doʻstlar!”

Video soʻnggida politsiya kiyimidagi oʻnlab kishilar bu tilaklarga bir ovozdan “Ura!” deya joʻr boʻlishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500