https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/01/04/newsbrief-03

Manba: Afgʻoniston chegarasidagi toʻqnashuvda tojik askari halok boʻldi

AFP

DUSHANBE – Tojikiston chegara xizmati askari bedarak yoʻqolgan choʻponni qidirayotganida afgʻonistonlik kontrabandachilar hujumiga uchrab halok boʻlgan. Bu haqda sobiq sovet respublikasining xavfsizlik xizmatidagi manba juma (4-yanvar) kuni AFPga maʻlum qilgan.

Tojikiston xavfsizlik xizmatidagi manbaning AFPga bergan xabariga koʻra, chegarachi oʻgʻirlab ketilgan deya gumon qilingan choʻponni qidirayotgan vaqtda oʻldirilgan.

“Tojik harbiysi toʻqnashuvda halok boʻldi”, dedi xavfsizlik xizmatidagi manba toʻqnashuvning Dushanbedan 180 kilometr janubi-sharqdagi chegara hududida sodir boʻlganini maʼlum qilarkan.

Manbaning xabar berishicha, toʻqnashuvdan soʻng tojik askarlari 15 kilogramm gashish va pulemyotni musodara qilganlar.

Mahalliy OAV xabariga koʻra, 42 yashar ekani aytilayotgan choʻpon 1-yanvar kuni bedarak yoʻqolgan edi.

Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasida tez-tez otishmalar sodir boʻlib turadi, afgʻon kontrabandachilari Tojikiston fuqarolarini oʻgʻirlab, ularni hibsdagi safdoshlariga almashishga harakat qiladilar.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha