Karvonsaroy

Rossiyada bino qulashi tufayli qurbon boʻlgan tojik oilasi bilan vidolashuvga yuzlab odam keldi

Karvonsaroy

XATLON VILOYATI, Tojikiston – Dushanba (7-yanvar) kuni Xatlon viloyatining Kushoniyon tumanida yuzlab odamlar Rajabmo Isoyeva va uning uch farzandini soʻnggi manzilga kuzatdilar. Ular 31-dekabr kuni Rossiyaning Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli turarjoy binosida yuz bergan portlash tufayli halok bo‘lgan edilar, deb xabar beradi ASIA-Plus nashri.

24 yashar Isoyeva va uning uch farzandi – 6 yashar Ahmad, 4 yashar Fotima va uch yoshli 3 Muhammad dushanba kuni Malik Giyoyev qishlog‘ida dafn etilganlar. Oila boshchisi 26 yashar Shuhrat Ulfatov Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi shifoxonada hamon behush holatda yotibdi, unga fojea haqida xabar berilmagan.

Halok bo‘lgan ona va farzandlarning jasadi yakshanba (6-yanvar) kuni Tojikistonga yetkazilgan.

Dafn marosimida tuman hokimiyati vakillari ham ishtirok etganlar.

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, portlash gaz chiqishi natijasida yuz bergan. Halokat natijasida 39 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Shanba (5-yanvar) kuni Magnitogorskdagi musulmonlar hamjamiyati portlash qurboni boʻlgan boshqa bir tojik oilasining to‘rt nafar a’zosini dafn etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500