https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/01/10/newsbrief-02?language_switcher=true
Qozogʻiston toʻlov shartlarining ogʻirlashib ketgani sababli Xitoyning moliyalashtiruvidan voz kechdi

Magnitogorsk politsiyasi bino portlashi ortidan Markaziy Osiyolik migrantlar uyida reyd oʻtkazdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Rossiyaning Magnitogorsk shahar politsiyasi Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarining turarjoylarida reydlar boshlagan. Bu haqda payshanba (10-yanvar) kuni ASIA-Plus mashri mazkur shahardagi migrantlarning soʻzlariga tayanib xabar bergan.

Ushbu holat 31-dekabr kuni koʻp qavatli uyda gaz sizib chiqishi natijasida yuz bergan portlashdan soʻng kuzatilmoqda. Baxtsiz hodisa natijasida kamida 39 kishi, jumladan ikki tojik oilasining 8 nafar aʻzosi hayotdan koʻz yumgan edi.

“Politsiya mehnat migrantlarining hujjatlarini tekshirishni kuchaytirgan. Bir necha kishi tergov izolyatoriga joylashtirildi”, dedi tojikistonlik mehnat migrantlaridan biri ASIA-Plus nashri bilan telefon orqali suhbatda.

Politsiya reydlar nima sababdan oʻtkazilganini maʼlum qilmagan, biroq “huquq-tartibot idoralarining taxminicha, koʻp qavatli uydagi portlash Markaziy Osiyoliklar tarafidan sodir etilgan terakt boʻlishi mumkinligi haqida gap-soʻzlar tarqalgan”.

Rossiya tergov qoʻmitasi bino vayronalari orasidan portlovchi moddalar qoldiqlari topilmaganini maʼlum qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
2
Yo‘q
Fikrlar 2
Siyosat
Captcha

Gaz sizib chiqishi sababini aniqlashtirish lozim, Markaziy Osiyodan boʻlsa kerak (ehtimol, kichikroq ballonda).

Javob berish

FSBning o‘zi binoni portlatgan, endi e’tiborni migrantlarga qaratishyapti.

Javob berish