Karvonsaroy

Suriyada jangarilikda gumonlangan toʻrt Markaziy osiyolik qoʻlga olindi

AFP

BAYRUT, Livan – Chorshanba (9-yanvar) kuni Suriyalik kurdlar “Islom davlati” (ID) guruhiga qarshi janglarda sakkiz nafar jangari, jumladan, toʻrt Markaziy osiyolik qoʻlga olinganini maʼlum qilganlar.

Yakshanba va dushanba (6 va 7-yanvar) kunlari qoʻlga olinganlar orasida ikki oʻzbekistonlik, bir tojikistonlik va qozogʻistonlik gumondorlar bor.

Qolgan jangarilar Germaniya, Rossiya va ASQHdan boʻlgan.

Kurd xalq mudofaasi boʻlinmasi (YPG) sharqiy Suriyada IDga qarshi jang qilib kelmoqda.

U Suriya demokratik kuchlari (SDF) tarkibidagi eng yirik boʻlinma hisoblanadi va AQSH boshchiligidagi IDga qarshi koalitsiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500