Karvonsaroy

Rossiya yo‘lovchi samolyotlarni urib tushirish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi

Karvonsaroy

MOSKVA – Rossiya mudofaa vazirligi Qurolli kuchlarga mamlakat havo hududida yo‘lovchi samolyotlarni urib tushirishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilish taklifini bildirdi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi juma (11-yanvar) kuni.

Loyiha amalga oshadigan boʻlsa, Rossiya havo hududiga ruxsatsiz kirgan hamda ogohlantirishlar va ogohlantiruvchi o‘q uzishlarga javob bermagan yo‘lovchi samolyotlar “odamlar o‘limi va tabiiy ofatlarga olib keluvchi jiddiy tahdid” sifatida urib tushiriladi. Loyihada hukumat bunday xavfli samolyotlarni qay tarzda aniqlashi haqida ma’lumot berilmagan.

Taklif etilayotgan qonunga asosan, Mudofaa vazirligi nomaʼlum samolyotlar Rossiya havo hududiga 50 kilometrga yaqinlashganida javob berishi kerak bo‘ladi.

1994-yilda Rossiya yo‘lovchilari bor samolyotlarni urib tushirishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xuddi terrorchilar kabi

Javob berish

Rossiya gollandlarning “Boing”ini hech qanday ogohlantirishsiz urib tushirgan. Kamlik qildi shekilli. Borib turgan terrorchilar

Javob berish