Karvonsaroy

Qirgʻiziston sobiq bosh vaziriga nisbatan korrupsiyaga oid yangi ayblovlar ilgari surilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Oʻtgan yili Bishkek elektrostansiyasini modernizatsiya qilish bilan bogʻliq korrupsiya ishida ayblanib, hibsga olingan Qirgʻiziston sobiq bosh vaziri Sapar Isakovga nisbatan yangi ayblovlar eʼlon qilinishi mumkin. Bu haqda juma (11-yanvar) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi Qirgʻiziston davlat xavfsizlik qoʻmitasining (GNKB) payshanba (10-yanvar) kungi xabariga tayanib maʼlum qilgan.

Yangi ayblovlar Bishkekdagi Qirgʻiziston davlat tarix muzeyini rekonstruksiya qilish chogʻida qayd etilgan yirik moliyaviy yoʻqotishlar bilan bogʻliq, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi juma (11-yanvar) kuni.

GNKBga koʻra, Isakov ushbu loyihaga 2016-yilda aralashgan, oʻshanda turkiyalik pudratchi kompaniya Qirgʻiziston hukumati bilan shartnomani bekor qilishi natijasida loyiha qoʻshimcha xarajatlarni keltirib chiqargan edi.

Maʼlumotlarga koʻra, elektrostansiya bilan bogʻliq 2013-yilgi voqeada Isakov loyihani Xitoy kompaniyasi yutib chiqishi uchun harakat qilgan. Oʻsha vaqtlarda u sobiq prezident Almazbek Atambayev maʼmuriyatida rahbar oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Oqibatda Xitoy firmasi tenderni yutib chiqqan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500