Karvonsaroy

Qirg‘iz musiqiy filmi Kaliforniya kino festivalida namoyish etildi

Karvonsaroy

BISHKEK – “Daraxt qo‘shig‘i” (Darak Yiri) nomli qirg‘iz musiqali filmi 3-14-yanvar kunlari Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan Palm Springs xalqaro kino festivalida ikki bor namoyish etildi, deb maʼlum qilgan film prodyuserlaridan biri Tatyana Petrik AKIpress nashrining seshanba (15-yanvar) kungi xabariga ko‘ra.

Film promouterlari “Daraxt qo‘shig‘i” filmini “Qirg‘izistoning ilk folklor myuzikli” deb nomlaganlar, unda 1800-yillarda qirg‘iz dashtidagi taqiqlangan muhabbat hikoyasi aks ettirilgan.

“Bu kutilmagan qiziqarli myuzikl qirg‘iz kinematografiyasining yangi muvaffaqiyatli janri. Unda qirg‘izlarning ko‘chmanchilar irimlari va hurmatga asoslangan rang-barang an’analari, tarixi va urf-odatlari aks etilgan”, deyiladi festival vebsaytida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500