Karvonsaroy

Bishkekdagi namoyishchilar migrantlarga qarshi chora koʻrilishini talab qildilar

Karvonsaroy

BISHKEK – Payshanba (17-yanvar) kuni Bishkekdagi Olatov maydonida to‘plangan yuzlab namoyishchilar hukumatdan xitoylik noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish va ularga fuqarolik berishni to‘xtatishni talab qildilar, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Tashqi ishlar vaziri Almaz Imangaziyevning namoyishchilarga maʼlum qilishicha, Qirg‘izistondagi barcha xitoylik miqrantlar bu yerda qonuniy istiqomat qiladi.

Namoyishchilar hukumatdan Qirg‘izistondagi barcha Xitoy kompaniyalaridan tekshiruv o‘tkazishni va u yerdagi noqonuniy migrantlarni aniqlashni talab qilganlar.

Shu bilan birga, ular Xitoyning Shinjon muxtor viloyatidagi qayta tarbiyalash lagerlariga qamab qo‘yilgan etnik qirg‘izlarni qo‘llab-quvvatlash niyatini izhor qilganlar. Bu da’vo Pekin tomonidan rad etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Har kim oʻz ishi bilan shugʻullanishi kerak. Saylangan prezidentni davlatni boshqarishi kerak, vazirlar mahkamasi - ijro etuvchi hokimiyat, parlament esa - qonun chiqaruvchi organ. Quruvchi uylar qurishi, yoʻlsoz yoʻllar barpo etishi, shifokor bemorlarni davolashi, oʻqituvchi bolalarni oʻqitishi, sotuvchi savdo qilishi kerak. Shundagina mamlakatda tartib boʻladi. Boshqaruvda hech narsani tushunmaydigan, takasaltang odam davlat va hukumatga mamlakatni qanday idora qilishni oʻrgatmagani maʼqul. Hech qanday mamlakatda, hatto AQSHda ham bunday chiqishlarga yoʻl qoʻyishmaydi. Mamlakatda tartib va barqarorlik, tinchlik va osoyishtalik hukm surishi kerak, shundagina rivojlanish boʻladi.

Javob berish