Karvonsaroy

Mirziyoyev Berlinga tashrifidan yanada yaqin hamkorlik va investitsiyalarni koʻzlamoqda

Karvonsaroy

BERLIN – O‘zbekiston Germaniya bilan munosabatlarini “sezilarli darajada yangi va yuqori darajaga” olib chiqishni istaydi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba (21-yanvar) kuni Germaniya kansleri Angela Merkel va boshqa germaniyalik yetakchilar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan soʻng, deb xabar bermoqda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Seshanba (22-yanvar) kuni uch kunlik tashrifiga yakun yasar ekan, Mirziyoyev yaqin munosabatlar ikki davlat oʻrtasidagi texnologik hamkorlikni kuchaytirishi va O‘zbekistondagi Germaniya investitsiyalarini oshirishiga umid bildirdi.

Merkel uning mamlakati “O‘zbekistoning ishonchli hamkori” bo‘lishni istayotganini ta’kidladi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud”, dedi Merkel Mirziyoyev bilan muzokaralardan so‘ng oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

“O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklari, davlat boshqaruvi shaffofligini taʼminlash va korrupsiyaga barham berish yo‘lidagi hamkorlik va konstruktiv muloqot uchun ochiq”, dedi Mirziyoyev.

Ikki davlat rahbarlari siyosiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar va iqtisodiyot, savdo-sotiq, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalariga oid to‘qqizta hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni imzoladilar, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati.

Mirziyoyev va Merkel Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) va boshqa tashkilotlar doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish taklifini bildirdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500