Karvonsaroy

Oʻzbekiston yirik miqdordagi mablagʻni oʻzlashtirishda gumonlangan shaxsni Qozogʻistonga topshirdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston yirik miqdordagi mablagʻni oʻzlashtirishda gumon qilingan erkakni Qozogʻistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda dushanba (28-yanvar) kuni Qozogʻiston bosh prokuraturasi xabar qilgan.

Bayonotga koʻra, Artur Trofimov 2005-2009-yillarda Qozogʻistonning “BTA Bank”idan yirik miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirish va yuvganlikda gumon qilinmoqda. Trofimovning qaysi mamlakat fuqarosi ekani ochiqlanmagan.

U shuningdek, uyushgan jinoiy guruh tuzish va unga boshchilik qilishda gumon qilingan, deyiladi xabarda.

Qozogʻiston bosh prokuraturasi Trofimovning ekstraditsiyasi oʻzbekistonlik hamkasblar bilan oʻzaro hamkorlik natijasida amalga oshirilganini qayd etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500