https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/01/29/newsbrief-02

Oʻzbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshiradi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Oʻzbekiston Tojikistonga oʻtgan yilgiga nisbatan 4 baravar koʻproq tabiiy gaz yetkazib bermoqchi, deb xabar qiladi Asia-Plus.

“Joriy yilda biz Oʻzbekistondan 200 mln. kub metr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtiryapmiz”, deb aytgan “Tojiktransgaz” davlat kompaniyasi rahbarining oʻrinbosari Shavkat Shoimov Dushanbeda jurnalistlarga.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili Tojikiston Oʻzbekistondan qariyb 54 mln. kub metr gaz import qilgan.

Shoimovning aytishicha, ayni paytda “Tojiktransgaz” va “Oʻzbekneftgaz” davlat holding kompaniyasi yangi kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqdalar.

Tojikiston mamlakat sanoatini Oʻzbekistonning tabiiy gazi bilan taʼminlaydigan yuqori bosimli quvurlarni tiklagan. Ayni paytda maishiy foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatadigan past bosimli quvurlarni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha