Karvonsaroy

Oʻtgan yili Oʻzbekistonga kelgan qirgʻizistonlik sayyohlar soni ikki baravar oshdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Oʻtgan yili Oʻzbekistonga tashrif buyurgan 5 million sayyohning 20 foizi qirgʻizistonlik boʻlgan. Bu haqda seshanba (29-yanvar) Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi Komil Rashidov Bishkekdagi brifingda maʼlum qildi, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Rashidovning soʻzlariga koʻra, 2018-yilda Oʻzbekistonga 2017-yildagiga nisbatan ikki baravar koʻproq turistlar tashrif buyurgan. Avvalgi yil bilan taqqoslaganda 2018-yilda mamlakatga qoʻshni Qirgʻizistondan 3 baravar koʻproq sayyoh tashrif buyurib, ularning soni 1 mln. kishini tashkil etgan.

“Ikki mamakatning chegaraoldi viloyatlari maʼmuriyatlari, yoshlar va diniy tashkilotlari, sayyohlik agentliklari faol ravishda hamkorlik qilmoqdalar”, deydi Rashidov.

“Aprel oyi boshida Termizda xalqaro baxshilar festivali boʻlib oʻtadi”, dedi u. “Qirgʻizistonlik sanʻat namoyandalari oʻzbek tomonining taklifini qabul qilgani quvonarlidir”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500