Karvonsaroy

Tojikistonda qiynoqlar qoʻllagan militsiya zobiti 13 yilga kesildi

AFP

DUSHANBE – Tojikistonda qiynoqlar qoʻllashda ayblangan ichki ishlar organi xodimi 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi payshanba (31-yanvar) kuni tojik hukumatidagi manba. Bu hibsxonada zoʻravonlik qoʻllanganini tan olish bilan bogʻliq kamdan-kam holatdir.

Shu hafta boshida Xoʻjand sudi yopiq majlisda Shuhrat Shamsiddinovga nisbatan oʻz hukmini eʼlon qildi, deb xabar berdi AFPga sud matbuot kotibi.

Uning soʻzlariga koʻra, sudlanuvchi 2017-yilda taqiqlangan tashkilotga aʼzolikda gumonlanib qoʻlgan olingan fuqaro Komil Xoʻjanazarovni qiynoqqa solish va undan pul taʼma qilishda ayblangan.

Keyinroq, Xoʻjanazarovning oʻz joniga qasd qilgani aytiladi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining tojik xizmati xabariga koʻra, fuqaro oʻzining hibsga olinishini videotasvirga tushirganini va pora berganidan soʻng huquq-tartibot organlari xodimlari uni qoʻyib yuborishganini aytgan.

Xabarda aytilishicha, Xoʻjanazarov militsiya tomonidan qayta soʻroqqa chaqirilganidan soʻng oʻz joniga qasd qilgan.

Xoʻjand viloyat sudiga koʻra, oʻtgan yili xuddi shu jinoiy ish yuzasidan boshqa bir zobit va ichki xavfsizlik xizmati xodimi mos ravishda 13 va 12 yil muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500