Karvonsaroy

O‘zbekiston 45 davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini joriy etdi

AFP

TOSHKENT – Juma (1-fevral) kunidan O‘zbekiston hukumati iqtisodiy o‘sish uchun muhim bo‘lgan turizmni rivojlantirish maqsadida 45 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini joriy etdi.

Juma kunidan boshlab kuchga kirgan 30 kunlik vizasiz kirish tartibi ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari hamda Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Argentina va Chili fuqarolari uchun amalda boʻladi.

O‘zbekiston eksportga qaramlikni kamaytirish maqsadida turizmga ustuvor ahamiyat qaratgan.

Hukumat boy tarixga ega Buyuk ipak yo‘lining qadimiy shaharlari, jumladan Buxoro, Xiva va Samarqandni namoyish qilishga intilmoqda.

2018-yilda Fransiya mamlakatga 30 kunlik vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan ilk Yevropa Ittifoqi mamlakatiga aylangan edi. Joriy yil boshidan Germaniyaga ham huddi shunday imkoniyat taqdim etildi.

O‘tgan oyda O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi 2018-yilda mamlakatga 5,3 million kelgani haqida xabar bergandi. Ushbu raqam 2017-yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar koʻp.

O‘zbekistonda Turkiya, Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur va Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibi anchadan beri amal qiladi, sobiq Sovet mamlakatlari bilan vizasiz tartib esa avvaldan bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500