Karvonsaroy

Tojikistonda davlat sektori va bank sohasidagi korrupsiya holatlari oshkor etildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Seshanba (12-fevral) kuni Tojikiston davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi oʻtgan yili qayd etilgan korrupsiyaviy holatlar boʻyicha hisobotini eʼlon qildi, deb xabar beradi Asia-Plus.

Mamlakat bank sohasi xodimlari, jumladan davlat va xususiy banklarda ishlovchilar tomonidan korrupsiya bilan bogʻliq 305 ta jinoyat sodir etilgan.

Bu raqam Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi tizimida 100 tani, Taʼlim va fan vazirligida 96 hamda yer resurlari va geodeziya davlat qoʻmitasida 88 tani tashkil etgan.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari rasmiylari 232 ta shu turdagi jinoyatlarni sodir etganlar.

Yuqori lavozimli amaldorlar tomonidan urugʻ-aymoqchilik asosida ishga tayinlash bilan bogʻliq 63 holat qayd etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500