Karvonsaroy

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 8,6 foizga oshdi

Karvonsaroy

BISHKEK – 2018-yilda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi 8,6 foizga oshgan, deb xabar berdi chorshanba (13-fevral) kuni 24.kg nashri Qirg‘iziston hukumati rasmiy xabariga asoslanib.

Rasmiy Bishkekka koʻra, 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 336,5 million AQSH dollariga yetgan.

O‘zbekistondan eksport 8,3 foizga ortib, 158,5 million AQSH dollariga yetgan bo‘lsa, import ko‘rsatkichlari 8,8 foizga oshib, 178 million AQSH dollarini tashkil qildi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston hukumatining rasmiy ko‘rsatkichlari bundan farq qiladi, sababi u yerda boshqa statistik usuldan foydalaniladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500