Karvonsaroy

Markaziy Osiyo davlatlari hududiy migratsiya muammolarini muhokama qildilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) mutaxassislari va Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon rasmiylari seshanba-chorshanba (12-13-fevral) kunlari Dushanbeda Markaziy Osiyoda migratsiya muammolari hamda migrantlarni himoya qilish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar berdi Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) o‘z bayonotida.

XMT va BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari (UNHCR) AQSH davlat departamentining moliyaviy koʻmagida texnik mutaxassislar guruhining ilk majlisini tashkillashtirgan.

Uchrashuv Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmanistonni o‘z ichiga olgan mintaqaviy migratsiya muammolarini hal etish bo‘yicha mintaqaviy maslahat jarayoni – Olmaota jarayoni doirasida oʻtkazilmoqda. 2019-2020-yillarda bu tadbirga Tojikiston raislik qiladi.

“Olmaota jarayoni Markaziy Osiyo hukumatlari uchun mintaqa hududida migratsiya va migrantlar huquqlari bo‘yicha muloqot olib borishlari uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi”, dedi XMT missiyasining Tojikistondagi rahbari Kristina Tranka.

“Migrantlarni himoya qilish, odam savdosiga va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migrantlar integratsiyasi, migratsiyani boshqarishda hukumatning yondashuvi Markaziy Osiyoda migratsiyaga oid eng muhim masalalar boʻlib qolmoqda, dedi u.

“Bu jarayon migratsiya mutaxassislarini xavfsiz migratsiyani taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan choralarni ishlab chiqish yoʻlida birlashtiradi”, deb qo‘shimcha qildi Tranka.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500