Karvonsaroy

Oʻzbekistonda oʻgʻit ishlab chiqaruvchi 600 mln. dollarlik korxona barpo etiladi

Karvonsaroy

TOSHKENT – “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Samsung kompaniyasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida umumiy qiymati 600 mln. AQSH dollarini (5 trln. soʻm) tashkil etuvchi karbamid va ammiak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda seshanba (19-fevral) kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati xabar berdi.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 400 ming tonna ammiak va 600 ming tonna karbamidni tashkil qilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda. Yakunda ushbu mahsulotlar oʻgit ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Mirziyoyev seshanba kuni Sirdaryo viloyatiga safari davomida Yangiyer shahrida korxona barpo etilayotgan maydonni koʻzdan kechirdi.

“Sirdaryodagidek qulay infratuzilma hech qayerda yoʻq“, dedi u. “Bu juda manfaatli va istiqbolli loyiha.”

“Oʻzkimyosanoat“ AJ kelasi yili Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi bilan hamkorlikda yana bir zavodni qurib bitkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Tashkent Times. Ushbu korxona yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqaradi.

“Navoiyazot” negizida bunyod etilayotgan eng yirik kimyo korxonasining qiymati 985,7 mln. dollarni (8.2 trln. soʻm) tashkil etadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Juda yaxshi maʼlumot.

Javob berish