Karvonsaroy

Jahon banki: Markaziy Osiyo uchun tabiiy ofatlarga qarshi moliyaviy himoya zarur

Jahon banki

OLMAOTA – Jahon banki bayonotiga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari tabiiy ofatlarga qarshi moliyaviy himoyani sezilarli kuchaytirishi va ofatlar xavfini samarali boshqarish saʼy-harakatlarini birlashtirishi lozim, deydi Olmaotada ofatlar xavfini moliyalashtirish boʻyicha mintaqaviy forumda ishtirok etgan mutaxassislar.

Markaziy Osiyoning besh mamlakatidan kelgan siyosatchi va tahlilchilar iqlim oʻzgarishi natijasida oʻsib borayotgan muammolar sharoitida moliyaviy himoya usullarini yaxshilash, jumladan qanday moliya vositalarini qoʻllash masalalarini muhokama qildilar.

Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardan 80 dan ortiq vakil qatnashgan forum Jahon bankining tabiiy ofatlar xavfini boshqarishni qoʻllab-quvvatlash, xususan Markaziy Osiyoda moliyaviy himoya choralari doirasida tashkil etildi. Jahon banki bugungi kunga qadar butun mintaqa miqyosidagi loyihalar va texnik yordam uchun 100 million dollar sarmoya kiritgan.

Markaziy Osiyo tabiiy ofatlarga eng taʼsirchan dunyo mintaqalaridan biri hisoblanadi. Zilzilalar, suv toshqinlari, yer koʻchkilari, ekstremal tabiat hodisalari va boshqa turdagi tabiiy ofatlar butun mintaqa boʻylab deyarli har yili sodir boʻladi.

Oxirgi 30 yil davomida tabiiy ofatlar mintaqaning 10 milliondan ortiq aholisi jabr koʻrdi, iqtisodiy yoʻqotishlar esa 2,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Katta ziyon keltirishi mumkin boʻlgan zilzilalar mintaqa yalpi ichki mahsulotining 2 foizi, suv toshqinlari esa 1,6 foiziga tenglashishi mumkin.

Aholisining uchdan biri qishloq xoʻjaligida band boʻlgan Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar, jumladan suv toshqinlari yoki qurgʻoqchilik xavfi oldida oʻta zaif boʻlib qolmoqda. 2000-2001-yillar davomida mintaqadagi qurgʻoqchilik natijasida qishloq xoʻjaligi sohasida koʻrilgan zarar 800 milliondan oshdi, bu ayniqda qishloq joyalarda jiddiy oqibatlarga sabab boʻldi.

Jahon bankining Qozogʻistondagi vakolatxonasi rahbari Ato Braunning soʻzlariga koʻra, “deyarli har yili tabiiy ofatlar iqtisodiyotga ziyon yetkazib, odamlarning tirikchilik qobiliyatiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi”.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari tabiiy ofatlarning mamlakat budjetiga xavf solishini yaxshi tushunadi va moliyaviy himoyaning taʼminlanishidan tobora koʻproq manfaatdor. Forumda biz tabiiy ofatlar tufayli kelib chiqadigan moliyaviy xavflarni kamaytirish va bu tahdidlardan odamlarni himoyalash yoʻllarini muhokama qildik”, dedi u.

Forum ishtirokchilari tabiiy ofatlardan moliyaviy himoyani taʼminlashda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishga mamlakatlar, jumladan Meksika, Keniya va Turkiya tajribasini oʻrgandilar.

“Markaziy Osiyodagi tabiiy ofatlar chegara bilmaydi“, deydi Olmaotadagi favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha markaz rahbari Valeriy Petrov. “Markaziy Osiyo mamlakatlarining birida yuz bergan keng koʻlamli ofat butun mintaqaga xavf tugʻdirishi mumkin. Bu esa mazkur sohada hamkorlik qilish naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi.”

Jahon bankining shaharlar, qishloqlar va ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha bosh direktori Ede Xorxe Iyash-Vaskez forumda soʻzga chiqar ekan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining tabiiy ofatlar taʼsiriga qarshi barqarorlikni mustahkamlash choralarini yuqori baholadi, biroq bu yoʻnalishda hali qilinajak ishlar koʻp ekanligini qayd etdi.

(Jahon banki guruhi http://www.worldbank.org/terms veb-sahifasida ko‘rsatilgan shartlar asosida ushbu meterialdan foydalanishga ijozat bergan)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500