Karvonsaroy

O‘zbekiston aprel oyida Markaziy Osiyo sammitiga mezbonlik qiladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Osiyoning besh mamlakati yetakchilari joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida ikkinchi mintaqaviy maslahat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Asia-Plus 27-fevral (chorshanba) kuni.

Bu yilgi mintaqaviy sammit Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalariga bagʻishlanadi, deb xabar bergan Tojikiston hukumatidagi manba Asia-Plus nashriga.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yillar davom etgan yakkalanish siyosati va siyosiy to‘siqlarni olib tashlab, o‘tgan yil mart oyida Ostonada Markaziy Osiyoning besh mamlakati rahbarlarining uchrashuvi chogʻida ushbu sammitni oʻtkazish taklifini bildirgan edi.

Oʻtgan yili Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston prezidentlari va Turkmaniston parlamenti a’zolari ishtirokida oʻtkazilgan anjuman qariyb o‘n yil ichidagi ilk mintaqaviy sammit boʻlgandi.

O‘tgan yil mart oyidagi Ostona sammitigacha Markaziy Osiyo rahbarlari faqat norasmiy yoki ko‘p tomonlama uchrashuvlar kabi cheklangan sharoitlarda uchrashganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

O‘zimizning ittifoqlarimizni tuzish vaqti keldi, Markaziy Osiyo NATO Turkiya va Ozarbayjon. Xitoy va Rossiya kuzatib turibdi.

Javob berish