Karvonsaroy

Qozogʻiston rasmiylari YXHTning odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha treningida qatnashdi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Qozogʻiston hukumatining 16 nafar mansabdori Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) odam savdosiga qarshi kurash masalalariga bagʻishlangan seminarida qatnashdi. Bu haqda tashkilotning juma (1-mart) kungi bayonotida xabar qilingan.

Seminar payshanba (28-fevral) va juma kunlari Olmaotada oʻtkazildi. Tadbirda Qozogʻistonning 14 viloyatidan kelgan 16 nafar amaldordan tashqari, huquqni muhofaza qilish idoralari va nodavlat tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdilar.

Seminar Ostonadagi AQSH elchixonasi, Ichki ishlar vazirligi va YXHT hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda odam savdosiga qarshi kurashda hokimliklarning roli, hukumat idoralari va xalqaro nodavlat tashkilotlarining hamkorligi, shuningdek, axborot almashinuvi masalalari muhokama etildi.

IIVning jinoiy politsiya departamenti rahbarining oʻrinbosari Sagat Madiyevning taʼkidlashicha, 2018-yilda Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari tomonidan odam savdosiga aloqador 14 ta holat qayd etilgan, ulardan 5 tasi voyaga yetmaganlar bilan bogʻliq.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500