https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/03/01/newsbrief-02

AQSH Markaziy qoʻmondonligi zobiti Bishkekka keldi

Karvonsaroy

BISHKEK – AQSH Markaziy qoʻmondonligining (CENTCOM) rejalashtirish va siyosat boʻyicha rahbari, dengiz piyoda qoshinlari korpusi general-mayori Maykl E. Lengli chorshanba-payshanba (27-28-fevral) kunlari Bishkekda Qirgʻiziston qurolli kuchlarining yuqori lavozimli rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi xabar qilgan.

Lengli Qirgʻiziston Qurolli kuchlari Bosh shtabining yuqori lavozimli shaxslari bilan muzokara oʻtkazdi. Shuningdek, u “Pantera” maxsus kuchlar boʻlinmasining terrorga qarshi kurash imkoniyatlari bilan tanishgan.

“Lenglining tashrifi AQSH va Qirgʻiziston respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini belgilashga qaratilgan turkum tashriflaridan biridir”, deyiladi xabarda.

Markaziy Osiyo davlatlari mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim oʻringa ega asosiy strategik hamkorlar hisoblanadi, dedi Lengli.

Uning qayd etishicha, AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlaydi va ularga “xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashda koʻmaklashadi”.

Lenglining tashrifidan avval – 21-fevral kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari mudofaa mahkamalari rahbarlarining anjumani boʻlib oʻtdi. Joriy yilda AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni, armiya generali Jozef Votel Oʻzbekiston mudofaa vazirligi bilan birga Toshkent anjumanining hamtashkilotchisi boʻldi.

Bayonotda aytilishicha, anjumanda Votel mintaqaning yuqori lavozimli harbiy mansabdorlarini Afgʻonistondagi xavfsizlik muammolaridan boxabar etgan hamda joriy va istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Anjuman AQSH va mintaqadagi hamkorlarga bilim va tajriba almashinuvi uchun imkon yaratdi, “bu hamkor mamlakatlarning kutilmagan vaziyatlarga tayyor turish uchun birgalikda ishlash qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?
4
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha

Agar amerikaliklar biror hududni “muhim hudud” deb nomlasalar, bu inqiroz navbati yetib kelgan davlat ekanini bildiradi. Bularning oxiri esa doim bir xil – xaos va vayronalar (Iroq, Liviya...)

Javob berish