Karvonsaroy

Qirgʻiziston kuch tuzilmalari Suriyada jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan ID jangarisini qoʻlga oldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) Davlat chegara xizmati bilan birgalikda Oʻsh viloyatidan boʻlgan fuqaroni Qirgʻiziston chegarasini noqonuniy ravishda kesib oʻtishga uringan vaqtda qoʻlga oldi. Bu haqda chorshanba (6-mart) kuni 24.kg nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Suriyada terrorchilik tashkilotining aʻzosi safida maxsus jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan gumondor Qirgʻizistonga qaytib kirishga uringan. Shuningdek, u Suriya hukumat kuchlariga qarshi janglarda ham qatnashgani aytilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari xabariga koʻra, terrorchilik tashkiloti rahbarlari gumondorga urush hududini tark etish va MDH davlatlaridan biriga joylashib, terrorchilik faoliyatiga doir keyingi koʻrsatmalarni kutishga buyruq berganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500