Karvonsaroy

Markaziy Osiyo mamlakatlarida Xotin-qizlar xalqaro kuni nishonlandi

Karvonsaroy

BISHKEK – Juma (8-mart) kuni Markaziy Osiyo davlatlari Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonladilar.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev payshanba (7-mart) kuni Ostonada ayollar jamoasi vakillari bilan uchrashar ekan, “8-mart bayrami dunyoga uygʻunlik va soflik olib kelishini” aytdi, deb xabar beradi CA-News.org nashri.

Bu orada Qirgʻiziston hukumati mamlakat ayollariga doir ayrim statistik maʼlumotlarni eʼlon qilgan.

Hukumat maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda mehnatga layoqatli yoshdagi ayollarning 47,6 foizi ish bilan band. Ishlayotgan ayollarning oʻrtacha yoshi 38 ni tashkil qiladi.

Qirgʻiz ayollari asosan sogʻliqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar, taʼlim, mehmonxona biznesi, ulgurji va chakana savdo sohalarida faoliyat koʻrsatmoqda, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500