Karvonsaroy

Jahon banki Qirgʻiziston viloyatlarini rivojlantirishga oid yangi loyihani amalga oshirmoqchi

Karvonsaroy

BISHKEK – Jahon banki Qirgʻiziston hududlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi. Bu haqda seshanba (12-mart) kuni Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy rahbari Liliya Burunchukka asoslanib, AKIpress axborot agentligi xabar berdi.

Burunchuk bu haqda Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuvi chogʻida maʼlum qilgan.

“Hududlarning asosiy koʻrsatkichlarini aniqlash maqsadida tahlil ishlari olib borildi”, dedi Burunchuk. “Ilk bosqichda biz asosiy eʼtiborni Oʻsh va Botken viloyatlariga qaratmoqchimiz.”

Loyiha bir qator masalalarni hal etish, jumladan, “aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, raqamlashtirish, suv taʼminoti, yoʻllar va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan. Ikkinchi bosqichda respublikaning qolgan viloyatlari qamrab olinadi”, dedi u.

Tomonlar, shuningdek, davlat xaridlari tizimini isloh qilish, viloyatlardagi infratuzilmani rivojlantirish va yaxshilash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, toza ichimlik suvi taʼminoti, moliyaviy sektorni yaxshilash va energetikani rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500