Karvonsaroy

Rossiyada Markaziy Osiyolik migrantlarga hujum qilishda gumonlangan shaxslar qoʻlga olindi

Karvonsaroy

YAKUTSK, Rossiya – Rossiyaning Saxa-Yakutiya mintaqasi politsiyasi zoʻrlashda ayblangan qirgʻizistonlik erkakning hibsga olinishi ortidan Markaziy Osiyolik migrantlarga hujum qilishda gumonlanayotgan bir guruh shaxslarni hibsga olgan. Bu haqda chorshanba (20-mart) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi xabar bergan.

Viloyat markazi boʻlgan Yakutsk shahar politsiyasi hibsga olinganlar sonini ochiqlamagan. Ular aholini millatlararo nizo keltirib chiqarmaslikka chaqirganlar.

Moskvadan 4900 km sharqda joylashgan Yakutskdagi vaziyat yakshanba (17-mart) kuni keskinlashgan, bunga shanba (16-mart) kuni mahalliy ayollardan birini zoʻrlashda gumonlangan 23 yashar qirgʻizistonlik erkakning qoʻlga olingani haqidagi xabarlar sabab boʻlgan.

17-mart kuni Yakutsk markaziga toʻplangan 200 ga yaqin namoyishchilar barcha Markaziy Osiyolik migrantlarning hududdan chiqarib yuborilishini talab qilganlar. Dushanba (18-mart) kuni esa 5 mingga yaqin odam mazkur jinoyatni qoralash uchun stadionga yigʻilgan.

18-mart kuni Qirgʻizistonning yuqori lavozimli vakillaridan iborat delegatsiya mahalliy va hududiy rasmiylar bilan vaziyatni muhokama qildi.

Seshanba (19-mart) kuni Yakutsk shahar hokimi Sardana Avksentyeva noqonuniy ishchilarning yollanishi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash maqsadida mintaqadagi barcha kompaniyalar tekshiruvdan oʻtkazilishini aytdi.

Saxa-Yakutiyada 1 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Avksentyevaga koʻra, ular orasida 30 mingga yaqin qirgʻiz fuqarosi bor.

Rossiya fuqarolari va Markaziy Osiyolik mehnat migrantlari oʻrtasidagi keskinlik Rossiyaning boshqa shaharlarida ham kuzatilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Markaziy Osiyo davlatlarida ruslarga hujum qilishni boshlashsa-chi?

Javob berish

Keyin esa bizning huquqni muhofaza qilish xodimlarimiz ularni qo‘lga olgan bo‘lar edi

Javob berish