Karvonsaroy

Rahmon Toʻqayevni Qozogʻiston prezidenti vazifasini bajarishga kirishgani bilan tabrikladi

Karvonsaroy

OSTONA – Juma (22-mart) kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Qosimjoʻmart Toʻqayevni Qozogʻistonning muvaqqat prezidenti lavozimida ish boshlagani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyat tiladi. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Toʻqayev iliq tabrik uchun tojikistonlik hamkasbiga minnatdorchilik izhor etar ekan, kelajakda Qozogʻiston-Tojikiston munosabatlarining yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini Navroʻz bayrami bilan qutladilar. Chorshanba (20-mart) kuni Qozogʻistonda uzoq yillardan beri hukmronlik qilib kelgan davlat rahbari Nursulton Nazarboyev kutilmaganda isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgach, Toʻqayev muvaqqat prezident sifatida qasamyodga keltirilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500