Karvonsaroy

AQSH oʻzbek paxtasini bolalar mehnati bilan yetishtirilgan mahsulotlar roʻyxatidan oʻchirdi

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – AQSH hukumati oʻzbek paxtasini “majburiy mehnat yoki bolalar mehnati bilan yetishtirilgan” mahsulotlar roʻyxatidan chiqardi. Bu haqda AQSH mehnat vazirligining dushanba (25-mart) kungi bildirishnomasida maʼlum qilingan.

Ushbu qaror oʻtgan yilning iyul oyida AQSH hukumatining uch idorasi oʻzbek paxtasini ushbu roʻyxatdan oʻchirishni taklif qilganidan soʻng qabul qilingan. AQSH hukumati olingan izohlar va mavjud maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, “Oʻzbekistonda payta terimida majburiy bolalar mehnatidan foydalanish sezilarli darajada kamayib, juda kam songa tushgan” degan xulosaga keldi, deyiladi Mehnat vazirligi xabarida.

Oʻzbek paxtasi bu roʻyxatga 2010-yilda kiritilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500