Karvonsaroy

Qozogʻiston Yevropa Kengashi bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Karvonsaroy

STRASBURG, Fransiya – Qozogʻiston Yevropa Kengashi (YK) bilan hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdor, deb xabar beradi “Kazinform” Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Roman Vasilenkodan iqtibos keltirib. Ushbu rejalar inson huquqlariga oid istiqboldagi ishlarni oʻz ichiga oladi.

Vasilenko seshanba (26-mart) kuni Fransiyaning Strasburg shahrida oʻtgan Yevropa Kengashi majlisida soʻzga chiqqan. Tadbir YKning “2019-2020-yillar uchun Qozogʻiston bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlaridagi ustuvorliklar” dasturining 2-boschiqi boshlanishi munosabati bilan oʻtkazildi.

Qozogʻiston huquq ustuvorligini taʼminlash, oʻz sud tizimini isloh qilish va YKning mavjud konvensiyalariga qoʻshilish masalalarida hamkorlik qilishdan manfaatdor, dedi Vasilenko.

Yevropa Kengashi vakillari Qozogʻistonning qonun ustuvorligini taʻminlashda erishayotgan yutuqlariga yuksak baho berdilar hamda fuqarolik huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va gender tengligini taʼminlash boʻyicha kelgusidagi hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500