Karvonsaroy

YXHT Markaziy Osiyolik bojxona xodimlarining malakasini oshirishga koʻmaklashadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Juma kuni Dushanbeda Markaziy Osiyolik bojxona xizmati xodimlari uchun madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib chiqishning oldini olishga oid to‘rt kunlik seminar o‘z yakuniga yetdi, deb xabar berdi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti seshanba (2-aprel) kungi bayonotida.

Dastur “Islom davlati” (ID) “xalifaligi” tugatilguniga qadar bu guruh tomonidan amalga oshirilganga oʻxshash xatti-harakatlarga barham berishga qaratilgan. O‘shanda terrorchilar Iroq va Suriyadan tarixiy buyumlarni noqonuniy olib chiqib ketish orqali millionlab daromad orttirgan edilar.

O‘quv mashg‘ulotlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan yigirma bir nafar bojxona xodimi ishtirok etdi. Trening YXHT va Jahon bojxona tashkiloti (WCO) bilan birgalikda tashkil etildi.

Madaniy buyumlari aniqlash, qayta ishlash va hujjatlashtirish bo‘yicha trening mashgʻulotlari Fransiya va Gollandiya bojxona xizmati mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Trening YXHTga a’zo davlatlarning bojxona xizmatlari uchun masalaning dolzarbligini oshirishga qaratilgan YXHT loyihasining bir qismi boʻldi.

“Birgalikda erishilgan tajriba va bilim Markaziy Osiyo davlatlarining o‘ziga xos va juda boy madaniy merosini himoya qila olishiga ishonamiz”, dedi YXHTning bojxona xizmati bo‘yicha maslahatchisi Goran Stojkovskiy.

Mashg‘ulotlar YXHT va WCO hamkorlikda amalga oshirgan ilk tashabbus boʻldi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500