Karvonsaroy

O‘zining 70 yilligini nishonlayotgan NATO Putin “imperializmining g‘arazli orzulariga” hozirlik koʻrmoqda

Karvonsaroy va AFP

VASHINGTON, KO – Payshanba (4-aprel) kuni NATOga a’zo davlatlar Rossiyaning zo‘ravonligiga qarshi kurashda ittifoqning yangi choralarini ifodalovchi qo‘shma bayonotni qabul qildilar.

Vashingtonda o‘tgan ikki kunlik muzokaralarni yakunlar ekan, 29 davlatdan iborat ittifoq “yanada zo‘ravon Rossiya” ishtirokidagi “kutilmagan va mushkul xavfsizlik vaziyatiga” duch kelganini ta’kidlagan.

“Vladimir Putin imperializmning g‘arazli orzularini ko‘ngliga tugib qo‘ygan. Uning Gruziya va Ukrainadagi bosqinchiligi, Suriya siyosatiga aralashishi va endilikda Venesuelada xatti-harakatlari shundan dalolat bermoqda. U bizning ittifoqimizni parchalamoqchi va demokratik qatʼiyatimizga putur yetkazmoqchi”, dedi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo payshanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan NATO uchrashuvida.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq yangi kuzatuv choralari hamda NATOga intilayotgan va Rossiya qo‘llovidagi ayirmachi kuchlar bilan yuzma-yuz kelayotgan Ukraina va Gruziyani qo‘llab-quvvatlash uchun Qora dengizda harbiy o‘quv mashqlari oʻtkazishni tasdiqlagan.

“Biz Qora dengiz mintaqasida oʻz sa’y-harakatlarimizni faollashtirmoqdamiz”, deb aytgan u jurnalistlarga.

Jurnalistning “NATO Ukraina va Gruziyaga a’zolikni taqdim etishni rejalashtirayotgani bilan Rossiyani g‘azablantirmayaptimi?”, degan savoliga Stoltenberg “qudratli davlatlar” boshqalarga shart qo‘ya olmaydi, deb javob bergan.

“Buni Rossiyaga qarshi provokatsiya deb tan oladigan boʻlsangiz, unda Rossiyaning qo‘shnilari nima qilish mumkinligini hal etishga haqqi borligini ham tasdiqlashingiz kerak”, dedi u.

Kreml zo‘ravonligining potensial nishonlari boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari anchadan beri uning Ukraina va Gruziyaga qarshi olib borayotgan siyosatini sergaklik bilan kuzatib bormoqdalar.

Rossiyaning noqonuniy xatti-harakatlari va Qrimni Ukrainadan tortib olinganining 18-mart kuni Qora dengiz yarimoroliga tashrif bilan Putin tarafidan nishonlangani mintaqa e’tiboridan chetda qolmadi.

Rossiyaning aralashuvi haqidagi xavotirlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa Qozog‘istonda kuchayib bormoqda.

Qozog‘iston shimolida asosan etnik ruslar istiqomat qilgani sabab, mamlakat rahbariyati etnik qozoqlarni janubdan shimolga ixtiyoriy ravishda ko‘chirish chorasini qabul qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

NATO Rossiyadan ozod boʻlgan sobiq Sovet respublikalaridan foydalanishi va ularni ittifoqqa qabul qilishi kerak. Shunda NATO kuchli blokka aylanadi.

Javob berish

Bugun AQSH turli yoʻllar bilan Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasiga nifoq solish va ularni Rossiya taʼsiridan chiqarishga urinmoqda. Ammo buning imkoni yoʻq. Bu holat markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlariga ham zid aslida. Chunki Yevropa va AQSH siyosatiga ishonib boʻlmaydi. Ularda doʻstlik yoʻq ularda faqat manfaat bor xolos. AQSH bugun butun dunyoga gegemonlik qilishni istaydi va buni amalga ham oshirmoqda. Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi katta qudratga ega boʻlgan davlatlarning buni koʻrib koʻrmaslikka olayotgani yoki kichik ojiz davlatlarni ularning tasiriga berib qoʻyayotgani aslida katta fojia. Sababi navbat ularning oʻzlariga ham kelmoqda. Sobiq SSSR parchalangach, Rossiya eski hamkorlarini va ittifoq koʻmagida yashab kelgan davlatlarga eʼtibor qaratmay qoʻydi. Oqibatda ham siyosiy jihatdan, ham iqtisodiy jihatdan katta zarar koʻrdi. Shu darajaga keldiki, oxir-oqibat AQSH Rossiyaning oʻziga bevosita uning manfaatlariga hujum qila boshladi. Hatto Rossiyani parchalash rejalarini ishlab chiqdi. Va uni amaliyotda qoʻllamoqda deb oʻylayman. Bu borada Rossiyaning siyosati ham biroz noqobil siyosatchilar qoʻlida qolganidan dalolat. Putin imkon qadar koʻrashmoqda. AQSH imperalizmini cheklashga harakat qilmoqda. Ammo endi kech boʻldi. Kasal avj olib ulgurdi. Uni avvalroq davolash zarur edi. Endi bu kasallikni davolash uchun kuchliroq dori vositlaridan foydalanish zarur. Yaʼni, kuchli siyosiy oʻyinlar qilish darkor. Ammo rossiyaliklar buni uddasidan chiqa olishma

Javob berish

Biz NATO tarafdorimiz.

Javob berish

NATOinglar bilan bir joyga kirib ketasanlar

Javob berish

Bu joy Rossiya tomonidan olingan

Javob berish