https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/04/09/newsbrief-02

Tojikiston mudofaa vaziri xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun Islomobodga yoʻl oldi

Karvonsaroy

ISLOMOBOD -- Tojikiston mudofaa vaziri general Sherali Mirzo seshanba (9-aprel) kuni hamkorlikni muhokama qilish maqsadida Pokistonga rasmiy tashrifini boshladi. Bu haqda Asia-Plus nashri vazirlikka asoslanib xabar bergan.

Mirzo Islomoboddagi rasmiylar bilan birgalikda Tojikiston va Pokiston oʻrtasida harbiy va texnikaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qiladi, dedi vazirlik matbuot kotibi polkovnik Orif Nizomiyon.

Xususan, Pokistonda tojik askarlarining harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi va qoʻshma harbiy mashqlarga oid tafsilotlar koʻrib chiqiladi, dedi Nizomiyon.

Nizomiyonning soʻzlariga koʻra, tomonlar oʻz tajribalariga oid maʼlumotlar bilan almashadilar.

Tojikiston va Pokiston 2009-yildan harbiy va texnikaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha