Karvonsaroy

Qozogʻiston Tojikistonga harbiy uskunalar hadya qilmoqchi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston Tojikistonga qoʻshni Afgʻonistondagi xavfsizlik bilan bogʻliq xavotirlarning kuchayishi munosabati bilan harbiy yordam taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Asia-Plus dushanba (15-aprel) kuni.

Taqdim etiladigan harbiy koʻmak Tojikiston chegaralarini mustahkamlashga qaratilgan. Tengri News xabariga koʻra, Qozogʻiston parlamentining yuqori palatasi oʻtgan payshanba (11-aprel) kuni harbiy texnika va oʻq-dori taqdim etishni maʼqullagan.

Endilikda ushbu qaror Qozogʻiston prezidenti Qosim Joʻmart Toʻqayev tasdigʻidan oʻtishi kerak.

Tojikiston harbiy yordamning taqdim etilishi Qozogʻiston mudofaa qobiliyatiga taʼsir qilmaydi, deb aytgan Mudofaa vaziri oʻrinbosari Talgat Muxtator deputatlarga.

Qozogʻiston harbiy jihozlarni temiryoʻl orqali Dushanbega yetkazib berish xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi, deb qoʻshimcha qildi Muxtarov. Oʻz navbatida Tojikiston mazkur jihozlarni uchinchi tomonga bermaslik majburiyatini olgan.

Qozogʻiston senatorlariga koʻra, harbiy yordam murakkab vaziyatda taqdim etilmoqda.

Tojikiston va Afgʻoniston chegarasidagi vaziyat kundan-kunga jiddiylashib bormoqda, terrorchi guruhlar noqonuniy yoʻl bilan katta miqdorda giyohvand moddalar olib oʻtishga urinmoqdalar”, deydi qozogʻistonlik deputat Talgat Musabayev.

Xabarlarga koʻra, oʻtgan yilning dekabr oyida ikki mamlakat rasmiylari Qozogʻistonning Tojikistonga bir martalik harbiy yordam taqdim etishiga oid hujjatni imzolagan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500