TOSHKENT – Qozogʻiston prezidenti Qosim Joʻmart Toʻqayev yakshanba-dushanba (14-15-aprel) kunlari Toshkentga davlat tashrifi asnosida oʻzbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, qozoq-oʻzbek munosabatlari va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Kazinform.
Prezidentlar oʻzaro manfaatli va istiqbolli mintaqaviy va xalqaro masalalar hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash choralarini muhokama qildilar, deyiladi qoʻshma bayonotda.
Mirziyoyev Qozogʻistonning ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro qardoshlik aloqalarini mustahkamlash va strategik sheriklik, jumladan, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi rolini alohida taʼkidladi.
Tomonlar ikki davlat oʻrtasida 2017-2019-yillar uchun Iqtisodiy hamkorlik strategiyasini amalga oshirish bu kabi hamkorlikni mustahkamlashga yordam berishini tasdiqladilar.
Mirziyoyev Qozogʻistonning 2017-2018-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashi aʼzosi sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari umumiy manfaatlarini ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladi.
Tomonlar mudofaa, fazoviy tadqiqotlar, ilm-fan, taʼlim, madaniyat, turizm va sport kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Toʻqayev Mirziyoyev va Oʻzbekiston xalqiga mehmondoʻstlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, prezidentni Qozogʻistonga taklif qildi.
Ajoyib
Javob berishFikrlar 1