Karvonsaroy

Qirgʻizistonda rejalangan teraktlar haqidagi maʼlumot uchun haq toʻlash taklif etilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) yangi hujjat loyihasini muhokamaga qoʻydi. Unga koʻra, rejalangan teraktlar haqida maʼlumot bergan fuqarolarga pul toʻlash taklif etilmoqda, deb xabar beradi 24.kg chorshanba (17 aprel) kuni. Hujjat loyihasi hukumat tarafidan maʼqullanishi yoki rad etilishi mumkin.

Taklifdan koʻzlangan maqsad – fuqarolarni terrorizmga qarshi kurashga jalb etish, deb xabar beradi GKNB. Qoʻmita oʻz saytida mukofot puli haqida maʼlumot joylashtirish va OAV orqali eʼlon berishni rejalashtirmoqda.

Fuqarolarning terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar va terrorchilik fitnalari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishini ragʻbatlantirish terrorizmga qarshi kurash yoʻlidagi samarali vositalardan biridir, deyiladi qoʻmita xabarida.

GKNBga koʻra, mukofot puli miqdori vaziyatga qarab turlicha boʻlishi kutilmoqda. U axborotni taqdim etgan shaxsning ishtirok darajasi va terrorga qarshi kurashda erishilgan natijalarga qarab belgilanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500