Karvonsaroy

Qozogʻistondagi politsiya muzokarachilari uchun YXHT treningi oʻtkazildi

Karvonsaroy

QARAGʻANDA, Qozogʻiston – Qozogʻistonlik 30 nafar politsiya xodimi dushanba-juma (15-19-aprel) kunlari Qaragʻanda shahrida oʻtgan seminarda ishtirok etdilar. Tadbir inqirozli vaziyatlarda muzokarada qatnashuvchilarning salohiyatini mustahkamlashga qaratildi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) 19-aprel kungi bayonotida soʻz yuritilgan.

Trening Nur-Sultondagi YXHT dasturlari idorasi, Qozogʻiston ichki ishlar vazirligi (IIV) va Qaragʻandadagi IIV akademiyasi tomonidan tashkil etildi.

Qaragʻanda mahalliy ichki ishlar boshqarmasi, Qaragʻandadagi IIV akademiyasi va Qozogʻistonning turli burchaklaridan kelgan 30 nafar xodim avvalgi muzokaralar davomida qoʻllanilgan “innovatsion kommunikatsiya vositalarini” oʻrganish maqsadida mavzuli tadqiqotlar bilan tanishdilar, shuningdek, muzokara ishtirokchilari tomonidan hal etilgan oʻtmishdagi inqirozli holatlarni oʻrgandilar.

Yoʻriqchilar ham qozogʻistonlik mutaxassislardan iborat edi. Ular Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) va Bosh prokuratura huzuridagi huquq-tartibot organlari akademiyasidan kelishgan. YXHT xabariga koʻra, yoʻriqchilar tomonidan “olomonni boshqarish boʻyicha eng yaxshi tajriba, noverbal muloqot vositalari va inson xulq-atvorini tushunish” kabi mashgʻulotlar oʻtildi.

Trening YXHTning xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlari doirasida oʻtkazildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500