Karvonsaroy

Tojikistonda jamoatchilik kengashi aʼzolari uchun ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha YXHT treningi oʻtkazildi

Karvonsaroy

GULISTON, Tojikiston – 2-4-may kunlari Tojikistonning Guliston shahrida terrorizmga olib boruvchi zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuvning oldini olish va unga qarshi kurash boʻyicha uch kunlik seminar oʻtkazildi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) chorshanba (8-may) kungi bayonotida xabar berdi.

Bu kurs “jamoatchilik kengashi aʼzolarini jamoat tartibini saqlashda terrorchilikka olib boruvchi zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuviga qarshi kurashish, uning oldini olish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda integratsiya qilish”ning yakuniy bosqichi boʻldi, deyiladi YXHT bayonotida.

20 nafar ishtirokchining yarmidan koʻpi ayollardan iborat boʻldi. Barcha ishtirokchilar politsiyani isloh qilish boʻyicha viloyat jamoatchilik kengashlaridan kelishgan. Trening 2019-yil mart va fevral oylaridagi kurslarda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratildi.

Ishtirokchilar terrorchilikka olib boruvchi zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuvni dastlabki bosqichlarda yoʻq qilish boʻyicha turli tashabbuslarni ishlab chiqdilar.

Bunday tashabbuslar jamoatchilik kengashlarining yillik ish rejasi va ularning amaliy ijrosiga kiritish uchun moʻljallangan boʻlib, IIV oliy rahbariyati tomonidan maʼqullanishi lozim.

Politsiyani isloh qilish boʻyicha jamoatchilik kengashlari IIVning maslahatchi organi boʻlib, mahalliy miqyosda faoliyat olib boradi. Ular fuqarolik jamiyati faollaridan iborat hamda fuqarolar va politsiya oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga koʻmaklashadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500