Karvonsaroy

Nazarboyev AQSH elchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSHning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Uilyam Mozer bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Kazinform axborot agentligi dushanba (13-may) kuni Nazarboyevning matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Nazarboyev mart oyida isteʼfo berib, senat sobiq spikeri va diplomat Qosim-Joʻmart Toʻqayevni muvaqqat prezidenti etib tayinlagan edi. Prezident saylovlari iyun oyiga belgilangan.

“Oʻtgan yillar davomida biz AQSH bilan oʻzaro ishonch va doʻstlikka asoslangan munosabatlarni yoʻlga qoʻydik”, deb aytgan Nazarboyev.

“Qozogʻiston AQSHdan katta investitsiyalarni jalb qildi. Hozirda 420 ta qoʻshma korxona ishlab turibdi”, dedi u. “Oʻtgan yili Vashingtonga tashrifim va prezident Tramp bilan muzokaralar natijasida hamkorligimizning istiqboldagi rivoji uchun shart-sharoitlar yaratildi.”

AQSH Qozogʻistonning muhim hamkori, dedi Nazarboyev.

Oʻz navbatida Mozer Nur-Sulton shahri qurilishidagi yutuqlarni qayd etdi va Trampning mamlakatdagi boshqaruvni tinch yoʻl bilan topshirishni qoʻllab-quvvatlashi ifoda etilgan maktubini Nazarboyevga topshirdi.

Nazarboyev iqtidorda boʻlgan vaqtida bir qator xavfsizlik muammolari, jumladan Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” (ID) safiga qoʻshilgan yuzlab qozoqlarning radikallashuviga qarshi kurash muammosi bilan yuzma-yuz kelgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500