Karvonsaroy

Qozogʻiston parlamenti yadroviy qurollarni taqiqlash toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston parlamentining quyi palatasi yadroviy qurollarni taqiqlash toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda chorshanba (15-may) kuni AKIpress nashri xabar berdi.

Bitim “yadroviy qurollarni taqiqlovchi yuridik jihatdan majburiy hujjat boʻlib, qurollarning butunlay yoʻq qilinishini koʻzda tutadi”, deyiladi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) saytida.

Qonun loyihasi Qozogʻistonda kuchga kirishi uchun u mamlakat senati va prezidenti tomonidan maʼqullanishi kerak boʻladi.

BMT bitimni 2017-yil iyulda qabul qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500