Karvonsaroy

Rossiyada nafrat asosida sodir etilgan jinoyatning tojikistonlik qurboni Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga murojaat qildi

Karvonsaroy

MOSKVA – Rossiyada nafrat asosida sodir etilgan jinoyat natijasida jiddiy jarohat olgan asli tojik, moskvada yashovchi talaba Sulaymon Saidov rasman Frantsiyada joylashgan Strasburg Yevropa inson huquqlari sudiga Rossiya sud tizimi tomonidan oʻz ishi koʻrib chiqilishidan shikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda Moskvada joylashgan “Civic Assistance Committee” nodavlat tashkiloti chorshanba (15-may) kungi bayonotida xabar bergan.

Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat migrantlari etnik sabablarga koʻra zoʻravonlik, kamsitish va shilqimlik holatlariga tez-tez duch keladilar.

Rossiya hukumati Saidovga hujum qilgan shaxsning etnik sabablar asosidagi nafratini eʼtiborga olmaganlar, bu esa jiddiyroq qamoq jazosiga sabab boʻlishi kerak edi. Shuningdek, Saidovning aytishicha, hukumat Rossiyadagi irqiy va etnik diskriminatsiyaga yetarlicha diqqat qaratmaydi.

2016 yilning 8 aprel kuni moskvalik Sergey Saryov Moskvadagi metro vagonlarining birida Saidovga pnevmatik toʻpponchadan bir necha bor oʻq uzgan. Natijada Saidov bir koʻzidan ayrilgan va boshqa jiddiy jarohatlar olgan. Oʻshandan beri u ayoli va toʻrt farzandiga yordam bera olmay qolgan.

Oʻtgan yil avgust oyida Moskva sudi qotillik sodir etishga uringani uchun Tsaryovga 10 yilu 3 oylik qamoq jazosini belgilagan. Ammo, sud otishma vaqtida Tsaryov tilga olgan daʼvolar kabi jiddiy dalillarni hamda uning irqiy va etnik nafrat bilan harakat qilganini inobatga olmagan.

Saidovning soʻzlariga koʻra, sud bu ishni oddiy hujum sifatida koʻrib chiqish bilan Rossiya tomonidan 1998-yilda ratifikatsiya qilingan Inson huquqlari konventsiyasiga xilof ish tutgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya - fashistlar va rasistlar mamlakati. Yana ruslar ularni hamma yerda taʼqib qilishlaridan hayron boʻlishadi.

Javob berish