Karvonsaroy

YXHT Oʻzbekistonda onlayn OAV saytlariga kirish imkoniyati tiklanganini olqishladi

Karvonsaroy

VENA – Chorshanba (15-may) kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Oʻzbekistonning bir qator onlayn OAV saytlariga kirish imkoniyatini tiklaganini olqishladi. YXHT saytining xabar berishicha, Oʻzbekiston oʻn yildan koʻproq vaqt davomida bu saytlarni bloklab kelgan.

Oʻzbekiston oʻtgan shanba (11-may) kuni mazkur saytlarga kirish imkoniyati tiklangani haqida eʼlon qildi .

2016-yilda Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelganidan soʻng, Oʻzbekistonda ochiqlik darajasining ehtiyotkorlik bilan oshirilishi ekstremizm chaqiriqlarini kamaytirishga qaratilgan milliy islohotlarning bir qismi boʻldi.

Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bu masalani oʻrganib chiqdi va YXHT bilan konstruktiv muloqotga tayyor ekanligini bildirdi, deb xabar beradi YXHT.

“Men Oʻzbekistonda axborot vositalari va yangiliklar saytlari, jumladan Amerika ovozi, BBC va ularning oʻzbek xizmatlari, shu bilan birga, “Chegara bilmas muxbirlar”, “Human Rights Watch” kabi inson huquqlari tashkilotlarining saytlari blokdan chiqarilganini olqishlayman”, dedi YXHTning OAV erkinligi boʻyicha vakili Arlem Dezir.

“Men tez kunlarda Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) saytidan ham taqiq olib tashlanishiga umid qilaman”, dedi u. “Men Oʻzbekistonni ochiq, erkin va xilma-xil OAV yaratish yoʻlida islohotlar olib borishga chaqiraman.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500