Karvonsaroy

YXHT Qirgʻiziston janubidagi taraqqiyot dasturlarini faollashtirmoqda

Karvonsaroy

OʻSH, Qirgʻiziston – 12-18-may kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) rasmiylari Qirgʻiziston janubidagi taraqqiyot dasturlarini nazorat qilish va rejalashtirish maqsadida qirgʻiz hukumat rasmiylari bilan uchrashdilar. Bu haqda seshanba (21-may) kuni YXHT saytida maʼlum qilingan.

YXHTning Qirgʻizistondagi faoliyati “iqtisodiy taraqqiyot va raqamlashtirish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek, terrorizmga olib boruvchi zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuvga qarshi kurashga oid loyihalarni oʻz ichiga olgan”, deb maʼlum qildi YXHT.

Bishkekdagi YXHT dasturlari idorasi rahbari Pyer fon Arks va YXHTning boshqa rasmiylari Qirgʻizistonning janubiy viloyatlari – Oʻsh, Jalolobod va Botkentda mahalliy mansabdorlar, ijrochi-hamkorlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashdilar.

“Mazkur tashrif 2019-2020-yillarga moʻljallangan dasturiy tadbirlarni rejalashtirish va ustuvorligini belgilash uchun muhim turtki boʻldi”, deyiladi YeXHT xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500