Karvonsaroy

USAID silga qarshi kurashda Oʻzbekistonga yordam bermoqda

Karvonsaroy

TOSHKENT – Chorshanba (22-may) kuni Toshkentda sil kasalligiga qarshi kurashga bagʻishlangan ikki kunlik xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi. Bu haqda Toshkentdagi AQSH elchixonasi xabar qildi.

Anjuman AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazi hamkorligida tashkil etildi.

Xalqaro mutaxassislar, Markaziy Osiyo hukumat rasmiylari, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Silga barham berish strategiyasining amalga oshirilishi va Silga qarshi kurashish boʻyicha Birlashgan millatlar tashkiloti Bayonotini amaliyotga tadbiq etish yoʻllarini muhokama qildilar.

USAID silga qarshi kurash sohasida Oʻzbekiston bilan 20 yildan ziyod vaqt mobaynida hamkorlik qilib kelmoqda.

AQSHning Oʻzbekistonga koʻrsatgan yordami turli shakllar, jumladan, “Afgʻoniston bilan chegarani mustahkamlash va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga barham berish” boʻyicha yaqin hamkorlikni oʻz ichiga oladi, deyilgan edi 2018-yil may oyidagi Oq Uy bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500