DUSHANBE – Dushanbe shahar sudi “Islom davlati”ga odam yollash bilash shugʻullangan erkakni 14 yil muddatga ozodlik mahrum qildi, deb xabar beradi “Aziya-Plyus” payshanba (30-may) kuni.
28 yashar Suhrob Hasanovga nisbatan ekstremistik guruh tuzish, odam yollash faoliyati bilan shugʻullanish va chegarani noqonuniy kesib oʻtish moddalari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Sud maʼlumotlarida keltirilishicha, Hasanov yoshlar orasida “Islom davlati” terrorchilik guruhining gʻoyalarini targʻib qilgan va ularning mobil telefonlariga tashviqot videolavhalarini yuborib turgan.
Hasanov toʻrt nafar oʻsmir bilan oʻtgan yilning sentabr oyida Afgʻonistonga noqonuniy ravishda kirishga uringan vaqtida qoʻlga olingan, deb qoʻshimcha qildi u.