Karvonsaroy

Toshkentda YI – Oʻzbekiston hamkorligi muhokama qilindi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Shanba (1-iyun) kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Yevropa kengashi (YK) rahbari Donald Tusk bilan uchrashdi. Bu haqda “Tashkent Tayms” nashri xabar berdi.

Bu Tuskning Oʻzbekistonga ilk tashrifi boʻldi. YK Yevropa Ittifoqi (YI) uchun umumiy siyosiy yoʻnalishlarni belgilab beradi.

YIning Markaziy Osiyo bilan hamkorligi bir necha koʻrinishda, jumladan ishtirokchi davlatlarga oʻz chegaralarini mustahkamlashga yordam beruvchi Markaziy Osiyodagi chegaralarni boshqarish dasturida oʻz aksini topgan.

Rasmiylar savdo, innovatsiya va investitsiyalar, transport, ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildilar.

Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar Yevropaning yetakchi kompaniyalariga Oʻzbekistonda oʻz faoliyatlarini kengaytirishga imkon yaratadi dedi Tusk. U YIning Markaziy Osiyodagi yangi strategiyasi doirasida mintaqada hamkorlikni kuchaytirish kerakligiga eʼtibor qaratgan.

Tomonlar bir qator xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500