Karvonsaroy

Yevropa Kengashi Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyani qabul qildi

Karvonsaroy

BRYUSSEL – Yevropa Kengashi (YK) dushanba (17-iyun) kuni Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyani qabul qildi, deyiladi tashkilot rasmiy saytida.

Yevropa Kengashi Yevropa Ittifoqi uchun umumiy siyosat yoʻnalishlarini belgilab beradi.

Yevropa Ittifoqi 2007-yilda Markaziy Osiyo uchun yangi strategiya qabul qilingan vaqtdan beri ittifoq hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanganini olqishlagan.

Yevropa Ittifoqining mintaqa davlatlari bilan hamkorligi turli yoʻnalishlar, jumladan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish dasturini ham oʻz ichiga oladi.

Yangi strategiyada Markaziy Osiyoda barqarorlik, taraqqiyot va mintaqaviy hamkorlikka koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Kengash mintaqadagi manfaatdor davlatlar bilan sheriklik va hamkorlikni mustahkamlashga oid kelishuvlarni imzolash va ularni amalga oshirishga sodiqligini taʼkidlagan.

U barqaror, keng qamrovli va qoidalarga asoslangan Yevro-Osiyo birlashuvini taʼminlash yoʻlida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan umidvor ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Kengash shuningdek, YI va Markaziy Osiyo mamlakatlari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishidan birdek manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500