Karvonsaroy

Qirgʻizistondagi yoshlar yetakchilari zoʻravonlik ekstremizmi va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha YXHT treningida ishtirok etdilar

Karvonsaroy

ISSIQ-KOʻL, Qirgʻiziston – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan Issiq-koʻl shahrida terrorizmga olib boradigan zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuvga qarshi kurashga bagʻishlangan uch kunlik seminar oʻtkazildi. Bu haqda seshanba (18-iyun) kuni tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Qirgʻizistonning barcha yetti viloyatidan kelgan 30 ga yaqin yoshlar faollari seshanba kuni nihoyasiga yetgan intensiv oʻquv mashgʻulotlarida qatnashdi.

Trening mashgʻulotlari Ichki ishlar vazirligining (IIV) ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash xizmatining 3 nafar mutaxassisi tomonidan olib borildi.

“Ishtirokchilarning tegishli qonunchilik bazasi, bagʻrikenglik va xilma-xillikning asosiy shartlari, konseptsiyalari va tamoyillari, internetda zoʻravonlik ekstremizmining oldini olish, shuningdek, terrorizmga olib boradigan zoʻravonlik ekstremizmi va radikalizmni harakatlantiruvchi omillar va ularning oldini olish usullari borasidagi xabardorligi oshirildi”, deyiladi saytda.

“Oʻquv kurslari Qirgʻizistondagi yoshlar yetakchilarining bir yoqadan bosh chiqarishi, ularning terrorizmga olib boradigan zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuv haqidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, nafaqat Qirgʻiziston, balki butun mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash boʻyicha saʼy-harakatlarini birlashtirish uchun yaxshi platforma boʻlib xizmat qiladi”, deydi Bishkekdagi YXHT dasturlari idorasining politsiya bilan hamkorlik boʻyicha xodimi Sergey Sizov.

Ishtirokchilar guruhda va individual tarzdagi interaktiv mashgʻulotlarda, jumladan taqdimotlar, munozaralar, mavzuli tadqiqotlar va amaliy mashqlar, shuningdek, badiiy sahna koʻrinishlarida ishtirok etdilar.

YXHT maʼlumotlariga koʻra, bu kabi tadbirlar yoshlar yetakchilariga terrorizmga olib boradigan zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuvga qarshi jamoaviy miqyosda kurashish boʻyicha oʻz choralarini ishlab chiqishga imkon berdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500