Karvonsaroy

Qirgʻizistonda bolalar ombudsmani lavozimi tashkil etildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston hukumati bolalar ombudsmani lavozimini tashkil etdi. Bu haqda chorshanba (19-iyun) kuni Qirgʻiziston inson huquqlari boʻyicha komissarining matbuot xizmatiga asoslanib, 24.kg nashri xabar berdi.

Ombudsmen Tokon Mamitov Gulnora Jamgirchiyevani Qirgʻizistondagi birinchi bolalar ombudsmeni etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni imzolagan.

Mazkur qaror bolalarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlish bilan bogʻliq holatlarning koʻpayishi va voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik darajasining oshishi ortidan qabul qilingan.

Hukumat shuningdek, shafqatsiz munosabatdan jabrlangan bolalarga tezkor yordam koʻrsatish va ularni qoʻllab-quvvatlovchi kattalar, jumladan maktab oʻqituvchilari, ijtimoiy xizmatlar xodimlari va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha inspektorlarga koʻmaklashishga intilmoqda.

Bolalarning sogʻligʻi va xavfsizligini muhofaza qilish ularni ekstremistlar taʼsiriga tushishdan asraydi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500